Blogerning 15 sutkalik qamoqqa olinganligi yuzasidan bayonot berildi

© FacebookAndijanskiy bloger Otabek Nuritdinov arestovan
Andijanskiy bloger Otabek Nuritdinov arestovan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyat hokimi matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqlarda dalil isbotsiz  masalalarni yoritish, fuqarolar shaxsi, qadr-qimmatini kamsitish, ularni haqoratlash va tuhmat qilish qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Bugun 2020-yilning 2-yanvar kuni Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati bloger Abdufatto Nuritdinovning qamoqqa olinganligi yuzasidan bayonot berdi.

Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
AOKA rahbari bloger va muxbirlarni shoshqaloqlik qilmaslikka chaqirdi

Hafta davomida andijonlik bloger — A.Nuritdinov bilan bog‘liq mojaroga oid xabarlar oqimi ijtimoiy tarmoqlarda hamon yangilanib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bir oz avval bloger — A.Nuritdinov  bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan Andijon prokuraturasi bayonot bergan edi. Bayonotga ko‘ra, blogerning Asaka tumani hokimi Erkinjon Yakubov, 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori hamda  Andijon viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i haqida Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali ularni obro‘sizlantiruvchi, shaxsiyatini sharmanda qiluvchi ma’lumotlar va bo‘htonlarni tarqatganlikda ayblanayotgan edi.

 2020 yilning 2-yanvar kuni Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati bloger  A. Nuritdinovning tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib qamoqqa olinganligi yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda Asaka tumani maktablari direktorlari, Andijon viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i,  Andijon viloyati ma’muriy sudi raisi, viloyat prokurori o‘rinbosari hamda bir necha idoralar vvakillari bloger bilan bog‘liq ma’muriy ishga aloqador ma’lumotlar va faktlar haqida gapirgan.

Andijon viloyat hokimi matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqlarda dalil isbotsiz  masalalarni yoritish, fuqarolar shaxsi, qadr-qimmatini kamsitish, ularni haqoratlash va tuhmat qilish qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda.

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0