Tashqi ishlar vazirligi Hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

© Abdulaziz Kamilov/InstagramAbdulaziz Kamilov provel soveshanie v MIDe
Abdulaziz Kamilov provel soveshanie v MIDe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentla O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi faoliyati natijalari va kelajak rejalariga bag‘ishlangan vazirlik Hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. Kecha 7-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida vazirlik Hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Abdulaziz Kamilov o‘zining Instagramida xabar qildi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Tashqi ishlari vazirligining 2019-yildagi faoliyati yakunlari hamda yangi 2020-yildagi vazifalari muhokama qilindi. Dunyoda tahdid va ziddiyatlar kuchayishiga qaramasdan vazirlik o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni muvafaqiyatli davom ettirish lozimligi ta’kidlandi. 

"Ziddiyatli va tez o‘zgaruvchan global jarayonlar, dunyo iqtisodiyotidagi yangi tahdidlar va mintaqadagi murakkab vaziyatga qaramasdan belgilab berilgan islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish, mamlakatimizni modernizatsiyalash va xalqimiz farovonligini oshirish uchun uchun sharoit yaratish lozim", - deyilgan Abdulaziz Kamilov xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hay’ati 1994-yilda tashkil qilingan. Hay’at tashqi ishlar vaziri, (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat. 

Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at asosan quyidagi masalalar bilash shug‘ullanadi: prezidentining tashqi siyosiy yo‘lini amalda ro‘yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda O‘zbekistonning davlat manfaatlarini hamda uning fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlarini himoya qilish, TIV nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa masalalar. 

Yangiliklar lentasi
0