Osh markazlarida tayyor palov necha pulga tushdi?

© YANA DLUGY / AFPPrigotovlenie plova
Prigotovlenie plova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston viloyatlarining markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari necha pulni tashkil etgan.

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. O‘zbekiston viloyatlarining markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari necha pulni tashkil etgan? Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Krolik - Sputnik O‘zbekiston
Maktab, bog‘cha va harbiy qismlarda ovqatlanish ratsioniga quyon go‘shti qo‘shiladi

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston osh markazlarida 1 porsiya va 1 kg palov narxi 2019-yil dekabr oyi uchun quyidagicha bo‘lganligi (so‘mda)  aniqlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1 porsiya tayyor osh narxi — 12 167 so‘m, 1 kg osh — 85 169  so‘m. Andijon — 1 porsiya — 14 000, 1 kg — 98 000 so‘m; Buxoro — 1 porsiya — 16 000 so‘m, 1 kg — 112 000 so‘m; Jizzax  — 1 porsiya — 15 000, 1 kg — 105 000 so‘m; Qashqadaryo— 1 porsiya — 15 000, 1 kg —105 000 so‘m; Navoiy — 1 porsiya — 12000 so‘m, 1 kg — 84000 so‘m; Namangan— 1 porsiya — 10 700 so‘m, 1 kg — 74 900 so‘m; Samarqand — 1 porsiya — 20 000 so‘m, 1kg — 140 000 so‘m; Surxondaryo — 1 porsiya — 11 667 so‘m, 1 kg— 81 667 so‘m; Sirdaryo — 1 porsiya — 15 000 so‘m, 1 kg— 105 000 so‘m; Toshkent — 1 porsiya — 13 333 so‘m, 1 kg— 93 331 so‘m; Farg‘ona — 1 porsiya — 14 000 so‘m, 1 kg— 98 000 so‘m; Xorazm — 1 porsiya — 14 000 so‘m, 1 kg— 98 000 so‘m; Toshkent sh — 1 porsiya — 15 400 so‘m, 1 kg— 107 800 so‘m.

Ushbu narxlarni belgilashda faqat tanlab olingan Osh markazlaridagi tayyor palov narxlari hisobga olingan. Restoran va choyxonalardagi narxlar bundan mustasno.

Yangiliklar lentasi
0