04:36 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
1410 0 0

Rossiyalik parhezshunos qaysi mevalar ortiqcha vazndan xalos boʻlishga yordam berishi mumkinligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Parhezshunos shifokor Irina Toropigina E1.ru portaliga ozishda yordam berishi mumkin mahsulotlar haqida soʻzlab berdi, deya yozadi RIA Novosti.

Mutaxassis ratsionni xilma-xil mevalar, jumladan, ananas bilan boyitishni tavsiya qiladi. Ananasda hazm qilishni yaxshilovchi va yogʻli toʻqimalar hosil boʻlishini kamaytiruvchi foydali ferment bromelayn mavjud.

Shifokor greyfrut mevasi insulin miqdorini meʼyoriga keltirishga va immunitetni mustahkamlarga qodirligini taʼkidladi. U mevaning yupqa pardasidan tozalamaslikni maslahat berdi. Zeroki, unda metabolizm jarayonini tezlashtiruvchi va safro haydaydigan taʼsirga ega naringin moddasi bor.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, ayrim ziravorlar ham ortiqcha vazndan xalos boʻlishga yordam beradi. Masalan, zanjabil ovqat hazm qiluvchi bezlarning ferment ishlab chiqarishini kuchaytiradi. Ular esa oʻz navbatida taomning parchalanishi jarayonida ishtirok etishadi.

Shuningdek, shifokor taom tayyorlashda dolchin ishlatishni maslahat bergan. Dolchin qondagi shakar darajasini bir xil tutib turadi va toʻyganlik hissini beradi.

Toropigina sanab oʻtilgan mahsulotlarning foydali xususiyatlariga qaramasdan ularni meʼyorida isteʼmol qilish lozimligini eslatib oʻtgan.

Asosiy mavzular