10:24 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
78 0 0

Bodi kameralar tibbiyot xodimlarining tahdid va tajovuzga uchrashi ehtimolining oldini olishda xizmat qiladi.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Shu kunlarda tez tibbiy yordam xodimlarini bodi kameralar bilan taʼminlash boʻyicha tajriba-sinov ishlari boshlangan boʻlib, bodi kameralar bilan taʼminlashning tibbiy-huquqiy jihatlari oʻrganilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirigi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Qayd etilishicha, bodi kameralar tibbiyot xodimlarining tahdid va tajovuzga uchrashi ehtimolining oldini olishda xizmat qiladi.

“Bundan maqsad tibbiy xizmat koʻrsatishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, bemor huquqi va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishdir. Ushbu bodi kameralar tibbiyot xodimlarining tahdid va tajovuzga uchrashi ehtimolining oldini olishda ham muhim oʻrin tutadi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 3 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 556-sonli qaroriga muvofiq, Yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 2020 yilning  1 yanvardan boshlab bodi kameralar bilan taʼminlana boshlandi.

Bundan tashqari, Sanitar aviatsiya xizmati uchun zamonaviy vertolyotlar xarid qilinishi koʻzda tutilganligi aytilmoqda.

Shuningdek, ayni damda sanitar aviatsiya xizmatidan foydalanish tartibi tasdiqlanib, sanitar vertolyotni tibbiy anjomlar bilan jihozlash spetsifikatsiyasi ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular