“Ey, yo‘ldan qoch”: Tuya “Moskva-Toshkent” poyezdi yo‘lini to‘sdi - video

Obuna bo‘lish
Astraxan yaqinida tuya yo‘lovchi poyezdini yo‘lini to‘sdi, buning oqibatida poyezd 44 daqiqaga ushlanib qoldi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. “Toshkent-Moskva” yo‘lovchi poyezdi Astraxan viloyatidagi Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yaqinida 44 daqiqaga kechikdi. Sababi - tuya temir yo‘l qismiga chiqib, poyezd harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Bundan avval Pikabu portalida poyezd oldidan temir yo‘ldan tuya yugurayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Mashinist bir necha marta ovozli signallar bergan bo‘lsada, tuya yo‘ldan chekinmagan.

Kadr ortidan gapirayotgan erkakning so‘zlariga ko‘ra, tuya soatiga 22 km tezlikda harakatlangan, keyinchalik sekinlashadi.

“Astarxan Kigash-Razyezd №2 yo‘lida “Toshkent-Moskva” poyezdi tuya temir yo‘lga chiqishi oqibatida poyezd ushlanib qoldi. Hayvon poyezd bilan bir xil yo‘nalishda harakatlangan. Haydovchi ovozli signallarni bergan va poyezd tezligini sekinlashtirishga majbur bo‘lgan, natijada poyezd 44 daqiqaga kechikib kelgan”, - deb ta’kidladi suhbatdosh.

Bu holat 5-yanvar kuni sodir bo‘lgan va boshqa yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga ta’sir qilmadi.

Yangiliklar lentasi
0