Artikxodjayev Toshkent shahar hokimligiga tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev
Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining birinchi sessiyasida Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahar hokimligiga tasdiqlandi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Joriy yilning 13-yanvar kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahar hokimligiga tasdiqlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hokimi tavallud ayyomini nishonlamoqda

Sessiyada avvaliga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan Toshkent shahar kengashi deputatlari saylovining natijalari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tilgan. So‘ng Kengash reglamentiga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan taklif etilgan nomzodlar tasdiqlangan.

Shuningdek, bosh vazir tomonidan O‘zbekiston prezidentining Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Jahongir Abidovich Ortiqxo‘jayev nomzodini Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma o‘qib eshittirilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror Kengash tomonidan bir ovozdan ma’qullangan. 

Yangiliklar lentasi
0