Xivada telefonini yo‘qotgan chet ellik sayyohga yordam ko‘rsatildi

© Press-slujba MVDV Xive pomogli turistke iz Chexii
V Xive pomogli turistke iz Chexii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xivada “Iphone SE” rusumli telefonini yo‘qotib qo‘ygan Chexiya fuqarosiga yordam ko‘rsatildi. Chet ellik sayyoh Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Xivada “Iphone SE” rusumli  telefonini yo‘qotib qo‘ygan Chexiya fuqarosi Harris Eliskaga yordam ko‘rsatildi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12-yanvar kuni sayohat uchun Xiva shahriga kelgan chet el fuqarosi Xorazm viloyati Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga murojaat qilib, “Iphone SE” rusumli telefonini qaysidir manzilda unutib qoldirilganini bildirgan.

V Tashkente poyavilas turisticheskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda turistik politsiya aldangan xorijlikka yordam berdi

Ta’kidlanishicha, surishtiruv ishlari natijasida unutib qoldirilgan telefon topilgan va u Harris Eliskaga qaytarib berilgan.

Chet ellik sayyoh Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining sa’y-harakatlarini yuqori baholab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda turistik politsiya mamlakatga tijorat qilish maqsadida kelgan chet el fuqarosining mehmonxonada yuzaga kelgan muammosini hal qilib bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0