10:05 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
30001

Oʻzbekistonda tez oʻsuvchi va sanoatbop Pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish uchun yer maydonlari ajratiladi.

TOSHKENT, 13 yanv – Sputnik. “Respublikada tez oʻsuvchi va sanoatbop Pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining respublika boʻyicha tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metr chuqurlikda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda oʻrmon fondining suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil qilish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjatda.

Ishchi guruhining asosiy vazifasi:

- soha olimlarini jalb qilgan holda pavlovniya daraxtining biologik xususiyatidan hamda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, plantatsiyalar tashkil etiladigan hududlarni oʻrganib chiqish;

- kelajakda olinadigan xom-ashyo mahsuldorligini oshirish, qayta ishlashga va eksportga qulay sharoit yaratish maqsadida pavlovniya plantatsiyalarini barpo etish uchun har bir loyiha boʻyicha kamida 100 gektardan kam boʻlmagan yer maydonlarini ajratilishini tashkil etish;

- pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish uchun moliyalashtirish manbaalarini aniqlash;

- amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakunida axborot taqdim etib borilsin.

Hujjatga respublika boʻyicha tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metr chuqurlikda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda oʻrmon fondining suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarida sinov tariqasida 2020-2024 yillarda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish prognoz koʻrsatkichlari; pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish 2020-2024 yillarda talab qilinadigan koʻchatlar miqdori prognoz koʻrsatkichlari ilova qilingan.

Qaror loyihasida foydalanilmayotgan, zaxira maydonlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritadigan pavlovniya yetishtiruvchi talabgorlarga yer maydoni tanlov oʻtkazmasdan tuman hokimlari qarori asosida ajratilishiga ruxsat berish haqida band keltirilgan.

Asosiy mavzular