14:52 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
197 0 0

Prezidentning 5 ta tashabbusiga asosan maktablarda toʻgaraklar ochilgan, yoshlarni jismoniy chiniqtirish va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyilmoqda.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Prezidentning beshta tashabbusi doirasida maktablarda turli toʻgaraklar ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Ayni damda madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarga 779 ming, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 1,1 mln, axborot texnologiyalari yoʻnalishiga 444 ming, kitobxonlikka 264 ming nafar oʻquvchi hamda 377 ming nafar qizlar ijtimoiy faol hayotga jalb etilgan. Jami 2,9 mln. nafar oʻquvchi toʻgaraklarga jalb etilib, umumiy koʻrsatkich 47,5 foizni tashkil etmoqda, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Prezidentining 5 tashabbusi doirasida umumtaʼlim maktablarida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tashabbusning joriy etilishidan koʻzlangan asosiy maqsad va yoʻnalishlar aniq belgilab berilgan.

Jumladan, birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

 

Asosiy mavzular