12:53 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
123 0 0

Parhezshunos olimlarga koʻra banan mevasini qish faslida isteʼmol qilish maqsadga muvofiq, banan kishini depressiyadan xolos etadi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Parhezshunos olimlarga koʻra banan mevasini qish faslida isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, banan kishini depressiyadan xolos etadi.

Qayd etilishicha, tarkibidagi triptofan moddasi tufayli parhezshunoslar bananni aynan sovuq fasllarda oziqlanish ratsioniga qoʻshib turish kerakligini maslahat berishadi.

Chunki ushbu aminokislota kunlar qisqaradigan kuz va qish faslida inson organizmi uchun juda zarur boʻlgan serotonin gormonining ishlab chiqishiga yordam beradi.

Serotonin inson uchun xush kayfiyat ulashuvchi gormon hisoblanadi. Kuniga bir dona banan yegan kishi oʻzini yaxshi his qiladi va depressiv kayfiyatdan xolos boʻladi. 

Bundan tashqari banan — kaliyning tabiiy manbai boʻlib, qondagi kislota-ishqor muvozanati, suv-tuz muvozanati, buyraklarning bir tekis ishlashini tartibga soladi.

Qon bosimini bir meʼyorda ushlab, yurak qisqarishlarini tartibga soladi.

Shu sababli ushbu mevani yurak-qon tomirlarlari kasalliklarida profilaktika sifatida isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

120 g massadagi banan 100-200 quvvatga ega. Shuning uchun bu meva ajoyib parhez nonushta boʻla oladi.

Banan tarkibida qand moddasi koʻp boʻlib, bir dona banan isteʼmol qilish organizmning uglevodlarga boʻlgan kunlik talabini 40 foizga toʻyintiradi.

Shuning uchun past uglevodli parhez tutayotganlarga banan isteʼmol qilish maslahat berilmaydi.

Asosiy mavzular