05:04 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
157 0 0

Oʻzbekistonda xalqaro aviaforumda xorijiy aviakompaniyalar oʻz samolyotlari bilan ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda yirik xalqaro aviatsiya forumini oʻtkazish rejalashtirilgan, deb maʼlum qilindi Sputnik muxbiriga Transport vazirligida.

Avvalroq OAVda ushbu tadbir fevral oyida boʻlib oʻtishi va unga dunyoning yetakchi aviakompaniyalari taklif qilinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, forum  oʻtkazish vaqti va ishtirokchilar roʻyxati hozircha aniqlanmagan.

Barcha taklif qilingan aviakompaniyalar tadbirda oʻz texnikasi bilan ishtirok etadi, deb aniqlik kiritildi vazirlikda.

Oʻzbekiston aviatsiya sanoati jadal rivojlanmoqda. Xususan, 2019 yil 1 oktyabrdan respublikaning 4 ta shaharida - Nukus, Qarshi, Termiz, Buxoroning xalqaro aeroportlarida "ochiq osmon" rejimi joriy etildi. Bu xorijiy samolyotlarga bu aeroportlarga parvoz cheklovlarini olib tashlashni koʻzda tutadi.

Asosiy mavzular