10:19 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
871 0 0

Dizayner va xoreograf Nariman Grigoryanning tanasi qotillik alomatlari bilan 14 yanvarga oʻtar kechasi aniqlangan. Prokuratura "Qotillik" moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Xonanda Dildora Niyozova Nariman hayotda qanday inson boʻlganligi haqida gapirdi

TOSHKENT, 14 yanv - Sputnik. Xonanda Dildora Niyozovaning soʻzlariga koʻra, dizayner Narimon Grigoryan hayotda juda samimiy va yaxshi inson boʻlgan.

"U bilan oxirgi marta 2018 yilda oʻtkazgan kontsert dasturimda birga ishlaganmiz. Hozir bu shum xabarni eshitib ochigʻi "shok" holatiga tushib qoldim... Inson sifatida juda samimiy, yaxshi edi. Bir oz toʻpolonchiroq yoki asabiyroq boʻlganida ham, oʻzi feʼli ogʻirroq edida desak... Yoshi kichikka izzatda, kattaga hurmatda, juda muomalasi chiroyli inson edi. Qanday qilib bunday insonga shunday dahshatli yomonlikni ravo koʻrish mumkin? ", - deya xotirladi xonanda.

Dildora Niyozovaning aytishicha, ish yuzasidan uchrashganlarida ham Nariman hamisha kulib kutib olgan.

"Liboslarim dizayni ustida ishlayotganimizda ham qanday uslubni xohlasam, undan ortigʻi bilan chiroyli qilib yaratib berardi, koʻngilga qarardi. Hech qachon yoʻq, bunaqa emas, bunaqa qilamiz deb qarshi chiqmagan. Oldiga qoʻygan maqsadlari juda koʻp edi. Bu jinoyatni tagiga yetish va javobgarni albatta jazolash kerak! Hamisha kulib turadigan timsoli koʻz oldimdan ketmayapti, essiz... Joyi jannatdan, oxirati obod boʻlsin ilohim", - deya suhbatni yakunladi Niyozova.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 14 yanvar kuni Yashnobod tumanida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tugʻilgan Nariman Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari koʻrilmoqda.



Asosiy mavzular