Beshinchi qavatdan qulab tushgan bolakayning ahvoli haqida ma’lumot berildi

© Press-slujba MinzdravaV Tashkente spasli trexletnego rebenka, kotoriy vipal s patogo etaja
V Tashkente spasli trexletnego rebenka, kotoriy vipal s patogo etaja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yosh 11 oylik bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan video tarqalgan edi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Toshkentda beshinchi qavatdan tushib ketgan bolani takroriy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bola og‘ir jarohat olmaganligi va ahvoli yaxshi ekani yana bir bor tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, takroriy tibbiy tekshiruvni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Bolalar majmuasida malakali shifokorlari o‘tkazgan.

Attraksion - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda qiz nega katta tezlikdagi attraksiondan qulab tushgani ma’lum bo‘ldi – video

“Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bola og‘ir jarohat olmaganligi va ahvoli yaxshi ekani yana bir bor tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.

“Ushbu kutilmagan holatdan hali ham shokdaman, – deydi bolaning onasi . – Farzandim shamollagani uchun bir muddatga uyda qoldirib, boshqa bolamni maktabdan olib kelish uchun chiqqandim. Shu orada, falokat oyoq ostida deganlaridek, bu voqea bo‘lib turibdi. Qo‘shni va shifokorlardan bolamning hayotini asrab qolishdagi beminnat yordami uchun juda ham”.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yosh bolakay bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks video tarqalgan edi. Uni odamlar pastda adol tutib ushlab qolishgan.

Yangiliklar lentasi
0