U juda iste’dodli edi - Lidiya Andre Narimon Grigoran haqida

© Lidiya Andre Lidiya Andre i Nariman Grigoran
Lidiya Andre i Nariman Grigoran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“U juda iste’dodli edi. U qo‘l urgan har qanday ish  noldan boshlab oxirigacha muvaffaqiyat bilan yakunlangan”, - Lidiya Andre Narimon Grigoran haqida. 

TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Toshkentda o‘ldirib ketilgan dizayner Nariman Grigoranning yaqin do‘sti stilist, vizajist va liboslar dizayneri Lidiya Andre Sputnik muxbiriga u haqida so‘zlab berdi.

— Narimon ajoyib va ko‘ngli toza inson edi. Biz yaqin do‘st edik, uning dushmanlari yo‘q edi. Aksincha, do‘stlari ko‘p edi. Nega bunday bo‘lganini, qanday sodir bo‘lganini bilmayman. U juda iste’dodli edi. U qo‘l urgan har qanday ish  noldan boshlab oxirigacha muvaffaqiyat bilan yakunlangan.  Har qanday ishni boshlashga qodir edi va juda ajoyib edi. Biz barchamiz u haqida faqat eng yaxshi so‘zlar yozilishini istaymiz, chunki u shunga munosib inson edi, - deydi Andre. 

Lidiya Narimon Grigoranning o‘ldirib ketilganligi bilan bog‘liq mudhish xabardan chuqur qayg‘uda.  U do‘stining xotirasi haqida faqat yaxshi so‘zlar yozilishini, marhumning shunga munosib inson bo‘lganligini ta’kidladi.

Ubit izvestniy uzbekskiy dizayner i xoreograf Nariman Grigoran - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda taniqli dizayner Nariman Grigoran o‘ldirib ketildi

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 14-yanvar kuni mashhur dizayner va xoreograf Nariman Grigoran o‘ldirib ketildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik poytaxtning Yashnobod tumanida kechasi sodir bo‘lgan. 

Shuningdek, Bosh prokuratura jinoyat ishining Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinganligi, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilayotgani haqida ma’lum qildi

Yangiliklar lentasi
0