2020 yil yoshlarni rivojlantirish yili bo‘ladi – Tanzila Narbayeva

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTanzila Narbayeva dayet start karavanu so sportinventarom
Tanzila Narbayeva dayet start karavanu so sportinventarom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil yoshlarni rivojlantirish, ularga yanada ko‘proq sharoit yaratib berish yili bo‘ladi - Tanzila Narbayeva.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Milliy” stadionida sport jihozlari ortilgan xayriya karvonini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Karvonni kuzatish marosimida so‘zga chiqqan senat raisi Tanzila Narbayeva prezidentning yoshlarga alohida e’tibor berishga qaratilgan siyosati haqida so‘z yuritdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar va xotin-qizlar manfaatlari: Mirziyoyev besh tashabbus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

“2020 yil yoshlarimizni rivojlantirish, yoshlarga yanada ko‘proq sharoit yaratib berish yili bo‘ladi” – dedi Tanzila Narbayeva.  

O‘zbekiston aholisining 65 %ini yoshlar tashkil qiladi. Kelajak yoshlar qo‘lida, shuning uchun yoshlar qanchalik sog‘lom, bilimli va salohiyatli bo‘lishsa, kelajagimiz ham porloq bo‘ladi, - deydi senat raisi.  

Narbayeva aytishiga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning salomatligini yaxshilash, ularga bilim berish, dunyoqarashini kengroq qilish, asosiy vazifa bulib turibdi. Bugun ta’lim, sport sohalarda boshlangan islohotlar bir necha yildan keyin o‘z natijasini beradi. Sog‘lom tanda sog‘ aql bo‘ladi, deydi Narbayeva.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri yoshlariga jo‘natilgan ushbu xayriya karvonidan umumiy qiymati qariyb 50 milliard so‘mlik qiymatga teng 96 turdagi sport jihozlari, inventarlari va kiyimlari joy olgan. Ular 230 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablariga hamda 7 542 ta umumta’lim maktablariga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 27-dekabrida "2020 yil yoshlarga oid davlat siyosati tub burilish yili bo‘ladi", - degan edi. Shuningdek, 2019-yilning mart oyida e’lon qilingan prezidentning 5ta muhim tashabbuslari ichida yoshlar orasida san’at, sport va kitobxonlikni rivojlantirish tashabbuslari ham bor.

Yangiliklar lentasi
0