07:42 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
84910

Sherzod Qudratxoʻjayev faqat kiyimini va yeyish-ichishini koʻz-koʻz qilayotgan, ekologiyaga befarq yulduzlarni tanqid qildi. 

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Qudratxoʻjayev yosh ijtimiy tarmoq yulduzlarini nafaqat brendli liboslar balkim toʻgʻri turmush tarzini ham targʻib qilishga chaqirdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Bugun, 15 yanvar kuni Toshkent viloyatida joylashgan “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortida Xalqaro press-klubiining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda press-klub raisi ayrim yosh mashhurlarning kelmaganidan taʼna qildi.

Sessiyada shuningdek, togʻ-changʻi kurortlarida odamlar xavfsizligining qay darajada taʼminlanganligi, oxirgi bir oyda  togʻ-changʻi kurortlarida qancha odam ehtiyotsizlik qurboni boʻlgani, sayohat va dam olish tushunchasi hamda togʻ-changʻi kurortiga dam olishga chiqqanlar chiqindini qayerga tashlayotganliklari yuzasidan atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Sessiyani jonli tarzda efirga uzatish maqsadida bir qancha telekanallar tashrif buyurdi.  

Sherzod Qudratxodjayev Amirsoy togʻ-changʻi kurortida oʻtkazilayotgan sessiyaga ayrim yosh estrada yulduzlarining chaqirilganliklari, ammo ularning koʻrsatuvga kelmaganliklarini taʼna kildi. Ularni ekologik muammolarga befarq boʻlmaslikka chaqirdi.

“Bugun yosh yulduzlarimiz instagrammda ikki milliondan kuzatuvchilarga ega. Lekin ular faqat oʻzi, oʻz foydasi uchun ishlaydi. Nima yeyishidan tortib, libosigacha reklama qilishadi. Mayli, qilaverishsin oʻsha reklamani, lekin tabiatga nisbatan masʼuliyatni ham unutishmasin” deydi Qudratxoʻjayev mashhurlarning aynan ismini sir tutgan holda.

Shuningdek, Qudratxoʻjayev yulduzlarga tana aʼzolarini, brend liboslarini reklama qilishdan koʻra, toʻgʻri yashash tartibi, ozodalikka rioya etish kabi gʻoyalarni oʻz sahifalarida targʻib qilib, ularni sevuvchi yoshlarga ijobiy oʻrnak boʻlishga chaqirdi.

Sessiyaga taklif etilgan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Saida Rametova esa 1988 yilda hamkasblar bilan birgalikda Angliyaga borgani, ushbu shaharning ozodaligiga barcha hamkasblari qatorida havas qilganligini soʻzlab berdi.

“Samolyotdan tushishimiz bilan hayratdan ogʻzimiz ochilib qoldi. Yerning biron bir burchagida yo poʻchoq yo tamaki, hech narsa yoʻq, hammasi qutiga tashlangan. Angliyaning 13 ta shahriga borib ham ana shunday ozodalikka duch kelganmiz. Buni koʻrgan rahmatli Obid Yunusov “Voye-y, bularning “musor”lariyam chiroyli-yey!” deb yuborgan” deya eslaydi Saida Rametova.

“Ammo bir narsani aytishim kerak, Oʻzbekistondagi hozirgi davrni olib qaraydigan boʻlsak,  ozodalikka erishish masalasida 70 foiz oʻsish bor” deydi yana u.

Asosiy mavzular