10:05 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
518 0 0

Xususan, Rossiyaning shimoliy poytaxtida bir nechta milliy jamoalar kontsertlari boʻlib oʻtadi. Unda oʻzbek, tojik, kavkaz va rus xalq raqslarini koʻrish mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Sankt-Peterburg hukumati migrantlar uchun toʻrtta bayram tadbirlarini oʻtkazishga 1,43 mln rubl ajratadi. Bu haqda Davlat xaridlari saytida maʼlum qilingan.

Chet elliklarni rus choy ichish anʼanalari bilan tanishtirishadi, ularning farzandlari uchun esa koʻngilochar tadbirlar tashkillashtiriladi.

Qolaversa, bir nechta milliy jamoalar kontsertlari rejalashtirilgan, unda oʻzbek, tojik, kavkaz va rus xalq raqslarini koʻrish mumkin boʻladi.

Shuningdek, tadbir mehmonlariga migratsiya qonunchiligi, ishga joylashish va ijtimoiy, tibbiy va huquqiy yordam olishga oid maslahatlar beriladi.

Eslatib oʻtamiz, dekabr oxirida Alisher Babayev Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsuli etib tayinlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular