02:35 09 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
336 0 0

IJF maktablarni tatami va kimono bilan taʼminlaydi, murabbiylarga haq toʻlaydi. Dastur boʻyicha joriy etilgan maktablar soni 40 taga yetadi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) hamda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mamlakatda yigirmata umumtaʼlim maktabida “Maktablarda dzyudo” dasturini amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda XTV axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 yanvarida Xalq taʼlimi vazirligi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarlari ishtirokida “Maktablarda dzyudo” dasturi boʻyicha hamkorlik bitimi imzolandi.

Bitimga koʻra, Xalqaro dzyudo federatsiyasi loyihasi asosida 5-12 yoshli bolalarning ijtimoiy, taʼlimiy va jismoniy koʻnikmalari dyuzdo orqali rivojlantiriladi.

Hozirda mazkur dastur mamlakatning turli hududlaridagi 20 ta maktabni qamrab olib, 900 nafarga yaqin oʻquvchilarning dzyudo bilan shugʻullanishi uchun toʻgaraklar tashkil etilgan.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishida moddiy va maslahat koʻmagini berishni Xalqaro dzyudo federatsiyasi oʻz zimmasiga olgan. 

Shunga koʻra IJF maktablarni tatami va kimono bilan taʼminlaydi, murabbiylarga haq toʻlaydi. Dastur boʻyicha joriy etilgan maktablar soni 40 taga yetadi.

Shuningdek, bitimni imzolash marosimida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Asosiy mavzular