Toshkent va Samarqandda xorijiy mehmonlar ishtirokidagi forumga start berildi

© Sputnik / Mariya NaumenkoPloshad Registan v Samarkande
Ploshad Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 14-yanvar kunidan “Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari iste’molchilari Forumi”ga start berildi.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Joriy yil 14-yanvar kunidan “Birinchi Yevropa  va Osiyo mamlakatlari iste’molchilari Forumi”ga start berildi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining axborot xizmati ma’lum qildi.

Camolet Boeing 767 aviakompanii Uzbekistan v aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yirik xalqaro aviaforum o‘tkazish rejalashtirilgan

Qayd etilishicha, forum 2020-yilning 19-yanvar sanasiga qadar Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Forumning birinchi kunidanoq iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning dolzarb muammolari, yangicha tamoyillar, tijorat va turizm sohalarida iste’molchi huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama etilmoqda.

Forumning davomi  16-yanvar kunidan boshlab Samarqandda o‘tkaziladi. Unda sohaga doir  xalqaro hamkorlik masalalarini globalizatsiya sharoitida o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar tahlil etiladi.

Forumda ishtirk etish uchun Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumer International), Xalqaro iste’molchilar jamiyatlari konfederatsiyasi vakillari, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Hindiston va Turkiya davlatlarining iste’molchilar huquqini himoya qilish tashkilotlari hamda Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo) vakillari tashrif buyurishgan.

Ayni damda mamlakatda bo‘lgan ushbu mehmonlar uchun forum davomida turli madaniy dasturlar tashkil etilishi, Samarqandning diqqatga sazovor bo‘lgan joylari, tarixiy  qadamjolarining ko‘rsatilishi maqsad qilingan.

Forumda 250 nafardan ziyod mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.   

Yangiliklar lentasi
0