15:16 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
257 0 0

Pensiya jamgʻarmasi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya puliga qurilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Pensiya jamgʻarmasi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya puliga qurilgani haqida internetda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Taʼkidlanishicha, unda “Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya oluvchilarning puliga bunyod etilgan” mazmunidagi maʼlumotlar berilib, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri maʼlumotlar tarqalishiga va aholi orasida tushunmovchilik paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda.

“Alohida taʼkidlash lozimki, Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hech bir koʻrinishdagi loyihalarni moliyalashtirishga sarflanmaydi. Xususan, maqoladagi «Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya oluvchilarning puliga bunyod etilgan»ligi koʻrsatilgan maʼlumot notoʻgʻri keltirilgan. Ushbu loyihaga Pensiya jamgʻarmasi tomonidan hech qanday mablagʻ ajratilmagan. Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat pensiyalar toʻlovini moliyalashtirish uchun foydalaniladi”, - deyilgan xabarda.

Amaldagi qonunchilik talablariga binoan, jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlari mavjud boʻlgan holda qisqa muddatli tijorat banklaridagi depozitlar va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiriladi.

Teglar:
Hyatt Regency Tashkent

Asosiy mavzular