O‘zbekcha "yumshoq kuch" amalda - Rossiya elchixonasi lag‘mon haqida

© Konsulskiy otdel Posolstva RF v UzbekistaneChem Sergeya Lavrova nakormili v Tashkente?
Chem Sergeya Lavrova nakormili v Tashkente? - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrovni Toshkentda juda iliq kutib olib uning sevimli taomi bilan siylashdi. Rossiya elchixonasi hazil aralash buni o‘zbekcha "yumshoq kuch" deb atadi.  

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri v.b. Sergey Lavrovni Toshkentda lag‘mon bilan siylashdi. Ma’lum bo‘lishicha lag‘mon Sergey Viktorovichning eng sevimli ovqatlaridan biri ekan.

“Toshkentda vazir uchun lag‘mon tayyorlashdi – Sergey Viktorovichning eng sevimli ovqatlaridan biri. O‘zbekchi “yumshoq kuch” amalda”, - deb yozgan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘z Tvitter kanalida.  

Eslatib o‘tamiz, Rossiya tashqi ishlar vaziri kecha Toshkentga yetib kelgan edi. Bugun Sergey Lavrov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar o‘tkazib, bir qator shartnomalar imzolashdi. Muzokaralarda atom energetikasi va Shavkat Mirziyoyevning fevral oyida rejalashtirilayotgan Rossiyaga tashrifi masalalari muhokama qilindi.  

Yangiliklar lentasi
0