10:05 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
101610

Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlandi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun talablar belgilandi. Tegishli buyruq 13 yanvar kuni Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Buyruqqa muvofiq Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.

Nizomda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

- dastlabki oʻrganishni tashkil etish va oʻtkazish;

- jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

- psixologik oʻrganish;

- tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

Nizomga muvofiq, oʻrta yoki oʻrta-maxsus yoxud oliy maʼlumotga ega boʻlgan quyidagi fuqarolar nomzod boʻlishi mumkin:

- 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan;

- muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan 40 yoshgacha boʻlgan shaxslar;

- rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha boʻlgan ofitserlar.

Asosiy mavzular