O‘zbekistonda tuhmat va haqorat uchun jazo yengillashtirilishi mumkin

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AOKA tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik.  Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosi bilan bog‘liq normalarni Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.

Qonun loyihasiga muvofiq, JKning 139-moddasi 2-qismi sanksiyasidan (tuhmat) 1-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini chiqarib tashlash taklif qilinmoqda. Bunda bazaviy hisoblash miqdorining 200 dan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari ko‘rinishidagi jazo choralarini saqlab qolinadi.

Andijanskiy bloger Otabek Nuritdinov arestovan - Sputnik O‘zbekiston
Komil Allamjonov andijonlik bloger ishi yuzasidan munosabat bildirdi

Bundan tashqari, ushbu qismga “Internet tarmog‘i axborot resurslari orqali” tuhmat va haqorat uchun javobgarlik biriktiriladi.

JKning 139-moddasi 3-qismi sanksiyasidan 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo bilan bog‘liq meyor chiqarib tashlanadi. Ular o‘rniga BHMning 400 dan 500 barvarigacha jarima yoki 300 dan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari ko‘rinishidagi jazo choralarini joriy etish taklif qilinmoqda.

JKning 140-moddasi 2-qismini (haqorat qilish) tahrir qilish hamda unga internetni kiritish taklif qilinmoqda. Yangi tahrirga ko‘ra, bu BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1-yildan 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishga sabab bo‘ladi.

JKning 140-moddasi 3-qismidagi “a” bandini (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi 2-qismi (haqorat qilish) sifatida ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazish tavsiya etiladi. Ushbu huquqbuzarlik uchun 1-yilga ozodlikni cheklash yoki 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish o‘rniga BHMning 40 dan 60 baravarigacha jarima taklif etilmoqda.

Komil Allamjonov - rukovoditel Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Allamjonov: AOKA bor ekan, ijtimoiy tarmoqlar yopilmaydi!

Ushbu moddaning 3-qismi quyidagicha yangilanadi: “Shunday harakatlar xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa — BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”. 1-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo chiqarib tashlanadi.

Shuningdek, qonun loyihasida Jinoyat-protsessual kodeksining 327-moddasini quyidagicha tahrir qilish taklifi ilgari surildi: “Ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i axborot resurslari bergan xabarlar".

Eslatib o‘tamiz, prezident jurnalistlarni himoya qilish tizimini kuchaytirishga topshiriq bergan edi.

Qonun loyihasi muhokamasi 30 yanvarga qadar davom etadi. 

Yangiliklar lentasi
0