10:51 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
397 0 0

Estoniyaning ETV+ jamoatchilik-huquqiy telekanalida Sputnik Estoniyaga qarshi sanktsiyalar toʻgʻrisidagi muhokamani tomosha qilganlar shunday xulosaga kelishdi.

1 yanvardan boshlab jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi tufayli hodimlar Sputnik Estoniya va "Rossiya segodnya" XAA bilan ishlashni toʻxtatishga majbur boʻldi. Nashriyot rahbari Yelena Cherыsheva, Sputnik sobiq xodimi Aleksandr Lukyanov, Yevropa parlamenti deputati byurosining maslahatchisi Yana Toom va RusDelfi sobiq muharriri Margarita Kornыsheva boʻlib oʻtgan vaziyatni rus tilidagi ETV+ kanalidagi muhokama qilish uchun taklif qilindi. Qarama-qarshi taraf sifatida Tarixiy Xotira Instituti xodimi, advokat Sergey Metlev, strategik aloqalar boʻyicha ekspert Ilmar Raag, Xavfsizlik va Mudofaa boʻyicha maʼlumot markazi rahbari Grigoriy Senkiv taklif qilindi.

Avval taʼqiqlab keyin muhokama qilinadi

"Jurnalistlarga nisbatan siyosiy va iqtisodiy sanktsiyalar - bu tsenzura. Estoniyada tsenzura taqiqlangan. Sputnik Estoniya – Rossiyaning "Rossiya segodnya" axborot agentligi tarkibiga kiruvchi ommaviy axborot vositasi”- Yelena Cherыsheva oʻz pozitsiyasini darhol belgilab qoʻydi.

Uning taʼkidlashicha, Politsiya departamenti va chegara xizmatidan kelgan xatda "Rossiya segodnya" XAA Dmitriy Kiselyov nazoratida, chunki u xujjatlarga "imzo chekadi".

"Men biron bir moliyaviy hujjatda Dmitriy Kiselyovning imzosini koʻrmadim. Men imzolarini yiliga ikki marta tabrik otkrыtkalarida - Yangi yil va Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaganda koʻraman", - dedi Cherыsheva.

Margarita Kornыshevaning aytishicha, u Yevropa Ittifoqi hujjatlarida nazorat ostidaligi taʼrifini topdi. Ammo u Dmitriy Kiselyov ushbu mezonlarning xech biriga tushmasligiga amin.

"Ikki hil cheklov mavjud – kirish yoki chiqishni taʼqiqlash va unga foyda keltiradigan manbalar va obʼyektlarni taqiqlash. Agar biz jurnalistlarni Estoniyadagi resurslar deb bilishsa, unda bu holat jurnalistlarning kasbiy faoliyatiga qoʻyilgan cheklov emasmi degan savol tugʻiladi", - dedi Margarita. Kornыsheva.

Men oʻqimaganman, lekin bilaman

Tarixiy Xotira Instituti xodimi Sergey Metlev agentlik xodimlarini jurnalist deb hisoblamasligini aytdi. Strategik aloqalarni muvofiqlashtirgan va dezinformatsiyani tarqalishining oldini olgan Ilmar Raag, portalni yopishga rozi emasligini qoʻshimcha qildi.

"Baribir ularni Estoniyada juda kam odam oʻqirdi va mening fikrimcha, ular qanday ishlashgan boʻlsa, shunday ishlashni davom ettirishi mumkin edi", dedi u.

Keyinchalik u oʻqituvchi sifatida u Sputnik Estoniyaning baʼzi tasodifiy maqolalarini tahlil qilganini va materiallarda obʼyektiv baho yoʻqligini taʼkidladi, chunki jurnalistlar faqat bir tomonning sharhlarini olishar edi.

Yelena Cherыsheva ham qolishmaydi, Sputnik xodimlari birinchi kundan boshlab boshqa OAVdagi hamkasblar bilan taqqoslab boʻlmaydigan sharoitlarga qoʻyilganini eslaydi - hukumat idoralari, siyosatchilar agentlikka izoh berishdan yoki intervyu berishdan bosh tortishar edi.

Aleksandr Lukyanov oʻz misolida portalda 8 oy davomida nashr etilgan 100-120 maqoladan qaysi birida jurnalistik ish emas, balki propaganda borligini koʻrsatishlarini soʻradi? Qatnashuvchilardan hech kim aniq bir javob aytolmadi.

Buning oʻrniga, Metlev shunday deydi: "professionallar va politsiya yuristlar pozitsiyasi shundayki, bu mamlakatda faoliyatingizni bu shaklda davom ettirishga haqqingiz yoʻq. Sizga yoqmasa - sudga boring. Estoniya sudlari mutlaqo mustaqil. Agar siz u yerda yutsangiz, biz hammamiz sizga chapak chalamiz. Yutolmasangiz, faoliyatingiz bundan keyin ham yopiq boʻladi".

Yelena Cherыsheva shunchaki yelkasini qisib qoʻydi: "Faoliyatimizni yopganimiz yoʻq, vaqtincha toʻxtatdik, xolos".

Ilmar Raag ham telefonini qoʻliga oladi va hayron boʻlib portal ishlayotganini aytdi. Cherыsheva va Kornыsheva yana bir bor portal yopilmaganligini tushuntirishga majbur boʻlishdi, ammo Sputnik Estoniyada yangi yildan beri hech kim ishlamayapti va portalning oʻzi favqulodda rejimda ishlamoqda.

“Agar siz 93-modda birinchi ilovasini diqqat bilan oʻqib chiqsangiz, biz hech qanday xizmatni bajarishimizga xaqqimiz yoʻq, hatto tekinga. Hatto uyda shaxsiy kompyuterdan ", - dedi Yelena Cherыsheva.

Vajlar tugaganida

Xavfsizlik va mudofaa boʻyicha maʼlumot markazi rahbari Grigoriy Senkiv "Sputnik Estoniya rahbariyati shunchaki oʻzining iqtisodiy va moliyaviy muammolarini hal qila olmadi va ular soʻz erkinligi qisilishi bilan qopladi", dedi.

Haqiqatan ham atayin chiqarilgan muammolar boʻlgan. Banklar Sputnik Estoniya xodimlarining hisoblarini yopishgan. Bosim ostida tahririyat binosini egasi ijaraga berishni toʻxtatishga majbur boʻldi.

"Estoniyada portal salmoqqa ega emas, ammo Sputnikning provokatsiyalar yordamida yirik ommaviy axborot vositalariga chiqishlari ancha salmoqqa ega. Shu yerda Sputnikning oldindan rejalashtirilgan va fosh qilingan bir aktsiyasi yodga tushdi, bir yigit armiyada jarohat olib yaralangan va keyinchalik Estoniya armiyasida ruslarga nisbatan shunday kamsitishlar boʻlishini toʻqishga harakat qilgan. Qaranglar, nima sodir boʻlmoqda - ular bir-birini otishyaptimi yoki ularni otishmoqda. Bu holat atrofida shuncha targʻibot shovqin-soʻroni"- dedi Metlev.

Boshlovchi Andrey Titov soʻlayotganni toʻxtatdi va uning gaplari notoʻgʻriligini va bu mavzu uning studiyasida allaqachon muhokama qilinganini eslatib oʻtdi. Darvoqe, Titov yana bir ajoyib faktni esladi. Oʻtgan yili Estoniya haqida tarqatiladigan notoʻgʻri tashviqot va soxta maʼlumotlarni fosh qilish bilan shugʻullanadigan Propastop blogi faollari parlamentdan Sputnik Estoniya va Baltnews portallarini yopishlarini talab qilib imzo toʻplashni boshladilar.

"Atigi mingta imzo toʻplash kerak edi. Avval ular bitta muddatni qoʻyishdi, keyin uni bir oyga choʻzishdi, soʻng yil oxiriga qadar uzaytirdilar. Oxir-oqibat ular 573 ta imzoni tщpladilar, hatto mingta odam ham toʻplay olishmadi. Bu hech kimni qiziqtirmaydi", dedi Titov.

Muhokama soʻngida jonli efir paytida oʻtkazilgan ikkita soʻrov natijalari eʼlon qilindi. Sputnik Estoniyaning faoliyati toʻxtatilishini qoʻngʻiroq qilganlarning 90%i va Facebook  ijtimoiy tarmogʻida javob berganlarning 57%i tsenzura deb topgan.

Asosiy mavzular