01:37 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
110530

Surxondaryoning Sariosiyo va Uzun tumanlarida noyob va kamyob oʻsimliklar turi hisoblangan - zaʼfaron yetishtirilmoqda.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Surxondaryoning Sariosiyo va Uzun tumanlarida noyob va kamyob oʻsimliklar turi hisoblangan - zaʼfaron yetishtirilmoqda. Bu haqda Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu foydali minerallarga boy nodir oʻsimlikdan qadimda boʻyoq olish maqsadida foydalanilib, bugungi kunda tibbiyotda ham qoʻllanilib kelinmoqda. 

Oʻzbekistonda zaʼfaron yetishtirish va plantatsiyalarni tashkil etish farmatsevtika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatinining rivojlanishiga, oziq-ovqat ziravori eksportining yoʻlga qoʻyilishiga bevosita xizmat qiladi. 

2019 yil sentyabr oyida Sariosiyoda 3 gektar maydonga zaʼfaron tuganak piyozlarini qadalgan boʻlib, joriy yilda hosil yigʻib olinmoqda. 

Ayni damda Surxondaryoning Uzun tumanida ham 50 sotix maydonga zaʼfaron ekilgan. Hozirgi kunda oʻsib chiqqan zaʼfaron gullarini terib olib, qoʻshni davlatlarga eksport qilish uchun shartnmalar tuzilgan. Mahsulotlarni eksport qilish uchun yevropa mamlakatlaridan sertifikatlar olingan.

Zaʼfaron gulsafsardoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik boʻlib, ham dorivor giyoh ham xushtam ziravor hisoblanadi. U asosan issiq va qiya yerlarda yaxshi hosil beradi. Zaʼfaron gulining ustunchalaridan olingan mahsulot pazandalik va farmatsevtikada ishlatiladi. Gul barglaridan esa choy tayyorlashda foydalanish mumkin. Zaʼfaron sharqda “qizil oltin” deb nomlangan.

Zaʼfaron tarkibida bir qator minerallar, kaliy, kaltsiy, magniy, natriy, temir moddasi, qand, efir moyi, fosfor rang beruvchi kerosin, azotli moddalar va koʻplab vitaminlar mavjud.

Shu bois zaʼfaron yetishtiruvchi korxona xodimlari mazkur oʻsimliklikdan bir necha mahsulot ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻygan.

Asosiy mavzular