00:08 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
500 0 0

Toshkent shahri Sergeli tumaninig bir qismi, Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyoʻl va Chinoz tumanlaridagi 33 ming gektardan ziyod ekin maydonlarini suv bilan taʼminlab kelgan Joʻn kanali qayta rekonstruktsiya qilinmoqda.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumaninig bir qismi, Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyoʻl va Chinoz tumanlaridagi 33 ming gektardan ziyod ekin maydonlarini suv bilan taʼminlab kelgan Joʻn kanali qayta rekonstruktsiya qilinmoqda. Bu haqda Suv xoʻjaligi vazirligining axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Joʻn deya nomlanuvchi kanal 1930 yillarda ishga tushirilgan. Uning uzunligi 54,7 km, bosh kanal qismining maksimal suv sathi sekundiga 32 kub metrni tashkil etadi.

Kanal Toshkent shahri Sergeli tumaninig bir qismi, Toshkent viloyatining, Zangiota, yangiyoʻl va Chinoz tumanlaridagi 33 ming gektardan ziyod ekin maydonlarini suv bilan taʼminlab kelgan. Ammo uzoq yillardan buyon foydalanib kelinganligi bois kanal oʻzani kengayib, oʻz holatini yoʻqotgan. Choʻkindi hamda loyqalanishi natijasida suv oʻtkazish quvvati ancha kamaygan.

Bu ayniqsa, vegetatsiya davrida kanal oxirida yer maydonlariga suv yetkazib berish chogʻida sezilgan.

Shu sababli Joʻn kanalining Yangiyoʻl shahri hududidan oʻtgan 7, 2 km qismida rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. 2019 yilda kanalning 3.2 kmdagi qismi betonlashtirilib, foydalanishga topshirlgan. Endilikda 4 km joyda ishlar olib borilmoqda. Yangiyoʻl shahri hokimligi bilan birgalikda kanalning muhofaza qismidagi noqonuniy imoratlar olib tashlangan. Daraxt va butalar kesilib, ikki qirgʻoq ochilgan. Kanal ichida toʻplangan tonnalab chiqindi va choʻkindilar hududdan tashqariga olib ketilgan.

Ayni damda qurilish jarayoniga 200 ga yaqin ishchi mexanitorlar jalb qilingan. Joriy yilning yanvar oyida kanalning 1,5 km qismi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Rekonstruktsiya ishlariga 12 ta ekskvator, 16 ta samasval, 12 ta avtomikser, 15 dan ziyod yordamchi texniklar jalb etilgan.

Asosiy mavzular