01:08 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
1110 0 0

Internet portalida eʼlon qilingan reytingga koʻra, yashash va ijara narxlari boʻyicha Toshkent dunyoning eng arzon shaharlaridan biri ekan.

TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Numbeo  nomli internet manbaasi maʼlumotlariga koʻra, Toshkent yashash uchun dunyoning eng arzon shaharlaridan biri ekan.

Reytingga koʻra, eng qimmat shaharlarbirinchi beshligida Shveytsariyaning Tsyurix, Bazelb Lozannab Jeneva va Bern shaharlari kiritilgan.

Ulardan soʻng Norvegiyaning 4ta shahri Stavanger, Oslo, Tronxeym, Bergen hamda Islandiyaning Reykʼyavik shaharlari kiritilgan.

Shuningdek Tokio – 18, Seul – 23, London – 28,  Singapur – 29,  Amsterdam – 38, Los-Anjeles – 50, Xelsinki – 90, Rim -114, Frankfurt – 124, Dubay – 152, Stambul - 325 oʻrinlarni egallagan.  

MDH shaharlari orasida eng qimmati Moskva boʻlib, u reytingda 251-oʻrinni egallagan.

Markaziy Osiyo shaharlari esa reyting oxiridan, yaʼni yashash uchun eng arzon boʻlgan shaharlar qatoridan oʻrin olgan. Qozogʻistonning Ostona va Olma-Ota shaharlari 386, 389 - oʻrinlarda, Bishkek – 410 oʻrinda, Toshkent – 413 oʻrinda.

Portal eʼlon qilgan reytingda dunyoning 440 ta eng yirik shaharlari kiritilgan.

Numbeo reytingini hisoblashda mutaxassislar bir oylik yashash xarajatlari, xonadon ijarasi xarajatlari, ovqatlanish va transport hamda tibbiyot xozmatlari shuningdek aholi daromadini ham hisobga olishgan.

Asosiy mavzular