00:25 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
1158 0 0

Prezident tomonidan taqdim etilgan senatorlar roʻyxati eʼlon qilindi. Undan 16 kishi oʻrniga 13 kishi taqdim etilgan.

TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq Oliy Majlisi Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi. 

Prezident farmoniga muvofiq 13 nafar senatorlar roʻyxati tasdiqlandi:  

  1. Ayupov Shavkat Abdullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori
  2. Basitxanova Elmira Irkinovna - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
  3. Rafiqov Kudratulla Mirsagatovich - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
  4. Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari
  5. Saidov Sirojiddin Saloxovich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
  6. Sayfullayev  Baxtiyor - Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori
  7. Sanakulov Kuvandik - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori
  8. Safoyev Sodiq Solixovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari
  9. Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
  10. Turdiyev Sodiqjon - Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash «Nuroniy» jamgʻarmasi boshqaruvi raisi
  11. Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
  12. Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
  13. Yuldashev Bexzod Sadikovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Oliy Majlisining yuqori palatasi - Senat, hukumatining hududiy kesimi printsipini oʻzida aks etgan boshqaruv organi boʻlib, jami 100 nafar senatordan iborat. Qonunga koʻra Senatga har bir viloyatdan 6 nafar senator saylanishi hamda prezident tomonidan 16 nafar senator tasdiqlanishi nazarda tutilgan.  

Asosiy mavzular