00:11 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
98250

Mahoratli dirijer kabi deb yozgan edi mashhur “Ogonyok” jurnali toshkentlik yoʻl boshqaruvchi Sodiq Qosimov haqida 1966 yilda.

TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Bir necha kun oldin internet sahifalaridana birida Toshkentlik yoʻl-harakati boshqaruvchisi starshina Sodiq Qosimovning fotosuratlari paydo boʻlgan edi.

Fotosurat bir zumda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur boʻlib ketdi. Unda aks etgan moʻylovli yoʻl boshqaruvchining yorqin timsoli koʻpchillikni befarq qoldirmadi. Keyinchalik Tashkent Retrospektive sahifasida ushbu mashhur boshqaruvchi haqida “Ogonyok” gazetasida chop etilgan maqola ham chiqarildi.

“Chorrahadagi odam” sarlavhali maqola 1966 yilda militsiya kuni arafasida bosib chiqarilgan. Eslatib oʻtamiz oʻsha yil Toshkentda mudhish yer qimirlashi sodir boʻlgan edi...

“Toshkent chang, benzin, tuproq, tsement va asfaltga botib ketgan... Koʻchalar yuk avtomobillariga toʻla. Kraz, Maz, Zil va chaqqon Gaziklarda – Moskva, Kiyev, Tbilisi, Kishinev va Leningrad shaharlari nomerlari...

Sodiq Qosimov - znamenitыy regulirovщik iz Tashkenta

26 apreldan buyon shahardagi mashinalar soni bir necha mingga oshdi. Yoʻllarda esa ertadan kechgacha – mashinalar liq toʻla. Oʻzbekiston poytaxtiga esa yana va yana qurilish texnikasi va mashinalar kelmoqda. Tezkor yuklar, tsement, graviy, beton panellari va yogʻoch materiallar toʻxtovsiz oqim bilan shahar chetidagi ulkan qurilish maydonlariga yetkazib berilmoqda.

Biz reportaj qahramonini eng gavjum chorrahadan topdik. Jazirama issiq va chang toʻpolonga qaramasdan Sodiq-aka virtuoz dirijer kabi avtomobillar oqimini boshqarib turar edi. Avtomobillarni boshqarishda nafaqat uning qoʻli va tayoqchasi, balkim yuzi va koʻzlari hatto ulkan moʻylovlari ham ishtirok etardi”, - deb yozlgan Ogonyok jurnali muallifi YU. Sbitnev.   

Toshkent shahar IIBB chop etgan maqolada aytilishiga qaraganda Sodiq aka Toshkentning “Yosh gvardiya” kinoteatri oldidagi va boshqa bir necha chorrahalarida xizmat qilgan. Uzoq yillar (36 yil) davomida uning ishida biror marotaba kamchilik topilmagan. Aksincha starshina 83 marotaba maqtov yorliqlari olgan. Shuningdek Sodiq Qosimov “Qizil bayroq” va “Qizil yulduz” ordenlari sohibi boʻlgan.

Sodiq Qosimov - znamenitыy regulirovщik iz Tashkenta

Asosiy mavzular