20:05 28 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
592 0 0

Ibrohim Alimdjanov 2018 yildan Toshkent farmatsevtika instituti rektori sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik.  Toshkent farmatsevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimdjanov Ibrohim Inamovich 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi maʼlum qildi.

V vozraste 61 goda skonchalsya rektor Tashkentskogo farmatsevticheskogo instituta Ibroxim Alimdjanov.
Press-slujba Minzdrava
Toshkent farmatsevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimdjanov Ibrohim Inamovich 61 yoshida vafot etdi.

Alimdjanov 1959 yilda Andijon shahrida tugʻilgan.1982 yilda Oʻrta Osiyo pediatriya tibbiyot (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot) institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. Andijon shahar 2- bolalar shifoxonasi vrach interni, ordinatori, davolash ishlari boʻyicha bosh vrach oʻrinbosari, keyinchalik  Andijon davlat tibbiyot initituti kafedra assistenti, dotsenti va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

U 2012-2018 yillarda mazkur institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori va rektori vazifasida ham ishlagan. I.Alimdjanov 2018 yildan Toshkent farmatsevtika instituti rektori sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

SSV marhumning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Asosiy mavzular