Ertaga Oliy Majlisning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tadi va unda bosh vazir saylanadi

© UzLiDepUzLiDep obsujdayet kandidaturu Abdulli Aripova na post premyer-ministra
UzLiDep obsujdayet kandidaturu Abdulli Aripova na post premyer-ministra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tadi va unda bosh vazir saylanadi dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Bugun Oliy Majlisning angi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisida so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti ertaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tishi va unda O‘zbekiston bosh vaziri saylanishini xabar qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga binoan, bosh vazir nomzodi parlament saylovlarida g‘olib chiqqan, ya’ni eng Oliy Majlisda ko‘p o‘rin egallagan partiya tomonidan taklif etiladi. 

So‘nggi parlament saylovida 34 % ovoz bilan O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi g‘olib chiqqan edi. Ikkinchi o‘rinda "Milliy Tiklanish" - 27 %, "Adolat" - 18 %, XDP - 16 % hamda Ekologik partiya - 9% ovozlar jamlagan edi. 

O‘zLiDep, 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan partiya yig‘ilishida partiya a’zosi, Abdulla Aripov nomzodini bosh vazir lavozimiga taklif qilish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Abdulla Aripov majlisda so‘zga chiqib bosh vazir lavozimida amalga oshirishni rejalashtirayotgan ishlar ro‘yxati bilan tanishtirgan edi. 

 

 

Yangiliklar lentasi
0