Partiya rahbarlari spiker o‘rinbosarlari etib saylandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedanise senata Oliy Majlis
Zasedanise senata Oliy Majlis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning yetakchi partiyalari rahbarlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari etib saylandi.

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Bugun Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yangi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri va uning o‘rinbosarlari nomzodlari tasdiqlandi. 

Xususan, Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerligi bir ovozdan saylandi.

Spikerning birinchi o‘rinbosari etib Akmal Saidov saylandi.

Shuningdek, O‘zbekistonning 5ta yetakchi partiyasi rahbarlari: 

  • Aktam Hayitov – O‘zLiDep partiyasi rahbari; 
  • Alisher Qodirov – “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari;
  • Narimon Umarov – “Adolat” partiyasi rahbari;
  • Ulug‘bek Inoyatov – Xalq demokratik partiyasi rahbari;
  • Alixanov Boriy - Ekologiya partiyasi rahbari;

Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosarlari etib saylandilar. 

Ushbu majlisda so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis spikerlari ham uning o‘rinbosarlari ham o‘zgarib turishi kerakligini ta’kidladi va har bir deputat o‘z ustida ishlashi kerakligi, qaysi sohada xalqqa yengillik yaratgani haqida o‘ylashi kerakligini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0