Xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar oltin va bronza medalini qo‘lga kiritishdi

© Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiXalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar oltin va bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar oltin va bronza medalini qo‘lga kiritishdi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SEAMO xalqaro matematika olimpiadasida 2020-yilda 18 ta davlatdan jami 1044 nafar ishtirokchi qatnashdi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Avstraliyaning Gold-Kost shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasida (SEAMO X 2020) o‘zbekistonlik o‘quvchilar oltin va bronza medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Olimpiada 17-20 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan. Unda davlat va nodavlat maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 2020-yilda 18 ta davlatdan jami 1044ta ishtirokchi qatnashdi.

Buxarskie mujchini podarili svoyemu bivshemu uchitelyu avtomobil - video - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda sobiq o‘quvchilar matematika o‘qituvchisiga Nexia 3 sovg‘a qilishdi

Ta’kidlanishicha, mazkur xalqaro fan olimpiadasi Singapur davlatining Terri Chyu instituti tomonidan tashkil etilgan.

Jumladan, SEAMO xalqaro matematika olimpiadasida Buxoro viloyatining Qorako‘l Xalqaro maktabi 10- sinf o‘quvchisi Bekzod Nuriddinov oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Toshkent vestminstr Xalqaro maktabining 6-sinf o‘quvchisi Horun Saliyev esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Xorazm viloyati, Ugranch shahri, 10-maktab o‘quvchisi Shahzoda Jumaboyeva, Toshkent shahri, 91-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Yo‘lchiyev Temurbek hamda Namangan viloyati, Mingbuloq tumanidagi 45-maktabning 6-sinf o‘quvchici Sanjarbek G‘ulomjonovga faxriy yorliqlar topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0