Toshkentda haydovchi va chiptachi bir insonni o‘limdan qutqardi

© Podrobno.uzAvtobusi v Tashkente
Avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilardan biri hushini yo‘qotib, nafas olishga qiynalib qolgan vaqtda haydovchi va chiptachi tezkor yordam ko‘rsatib uning hayotini saqlab qolishgan.

TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Toshkentda haydovchi va chiptachi bir insonni o‘limdan qutqardi, deb xabar qilmoqda “Toshshahartrans” AJ axborot xizmati. 

Ma’lum bo‘lishicha,  Toshkentda 89-avtobus Parkent bozori atrofida harakatlanayotgan bo‘lgan. Avtobus ichida bo‘lgan yo‘lovchilardan birining to‘satdan tobi qochib, xushsiz holga kelgan. Atobus haydovchisi darhol atvobusni yo‘l chetiga to‘xtatib, chiptachi bilan birgalikda yo‘lovchiga yordam berishga shoshgan.

Keyin aniqlanishicha, yo‘lovchining tutqanoq kasali xuruj qilgan va tilini yutib, uning vafot etishiga bir bahya qolgan. Haydovchi va chiptachi tomonidan ko‘rsatilgan birinchi yordam natijasida haydovchi Q.D. omon qolgan. “Toshshahartrans” AJ rahbariyati tomonidan haydovchi va chiptachi moddiy va ma’naviy taqdirlanishgan.

Yangiliklar lentasi
0