11:13 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
44810

Haqiqat bahs va tortishuvlarda tugʻiladi. Xalq ishonchini qozongan deputatning xato qilishga sira haqi yoʻq, dedi prezident.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ilk majlisidagi oʻz nutqida, deputatlarni qonunlarni nomigagina koʻrib chiqib, bir ovozdan maʼqullash amaliyotidan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

“Haqiqat bahs va tortishuvlarda tugʻiladi. Har bir deputat maʼlum bir sohaga oid qonun qonun qabul qilishda albatta, shu sohaning mutaxassisi sifatida fikr yuritishga qodir boʻlishi lozim. Chunki sizlar qabul qiladigan qonun hujjatlari millionlab odamlarning butun xalqimizning hayotiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Xalq ishonchini qozongan deputatning xato qilishga, oʻz zimmasidagi yuksak masʼuliyatni unutishiga sira haqi yoʻq.

Prezident oʻz nutqi davomida saylovchilar deputatlarning tashabbus koʻrsatib oʻz fikri, qatʼiy siyosiy irodasini namoyon etishini kutayotgani, har bir soha boʻyicha qabul qilingan qaror boʻyicha xalq manfaatlari yoʻlida mustahkam zamin yaratish kerakligini taʼkidladi.

Ikkinchidan, deputatlar muhokamaga kiritilgan qonun loyihasi boʻyicha oʻzining mustahkam pozitsiyasini koʻrsatgan taqdirdagina saylovchilar ishonchini oqlay oladi” -deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari oʻtgan chaqiriqda palataga kiritilgan har bir qonun loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish amaliyotining yoʻlga qoʻyilganligini maʼqulladi.

“Bu juda maʼqul amaliyot. Shundan soʻng 400 dan ziyod qonun loyihasidagi mingga yaqin normalar fuqarolarimiz bildirgan takliflar asosida takomillashtirildi. Misol uchun kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonun loyihasi fuqarolik jamiyatlari institutlari bilan birgalikda keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazildi” deydi Mirziyoyev.

Bundan tashqari prezident deputatlarni qonunlarni nomigagina koʻrib chiqib, bir ovozdan maʼqullash kabi eski amaliyotdan voz kechishga, qonunlarni jiddiy va batafsil muhokama qilishni oʻrganishga chaqirdi.

 

Asosiy mavzular