06:39 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
312 0 0

Londonda ilk marotaba ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Angliyaning London shahrida ilk marotaba ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati maʼlum qildi.

Avtorskaya rabota xudojnika Rembrandta Van Reyna
Generalnaya prokuratura Uzbekistana

Qayd etilishicha,  2020-yilning 17 yanvar kuni Oʻzbekistonning London shahridagi Elchixonasida zamonaviy oʻzbek sheʼriyati  va adabiyoti asoschi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning ilk marotaba ingliz tiliga tarjima qilingan “Night and Day” (“Kecha va kunduz”) romanining taqdimoti boʻlib oʻtgan.

Asar AQShning Michigan universiteti slavyan tillari va adabiyoti kafedrasi maʼruzachisi, yosh olim —  Kristofer Fort tomonidan tarjima qilingan.

Kristofer ushbu asarni tarjima qilishdan avval bir yil davomida Oʻzbekistonda yashab, oʻzbek tilini oʻrgangan.

Jumladan, XX asr oʻzbek adabiyoti boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishi uchun materiallar toʻplagan.  2019-yilda dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Yosh olim ushbu tarjimasi orqali xalqning madaniy-tarixiy anʼanalari, musulmon islohotchilarining taraqqiyparvar gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan XX asr boshidagi oʻzbek sotsrealizmi adabiyoti noyobligini isbotlab bergan, -deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular