00:09 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
698 0 0

Xorijda ishlovchi oʻzbekistonliklar Xalq bankining "Expat Home" yoki "Expat Car" kreditlari yordamida uy yoki mashina sotib olishlari mumkin.

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Xorijda ishlovchi Oʻzbekiston fuqarolari «Expat Home» taʼrifi orqali uy, «Expat Car» taʼrifi orqali mashina sotib olishlari mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xodimi maʼlum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, Xalq banki tomonidan taklif etilayotgan «Expat Home» tarifi orqali chet elda ishlayotgan fuqarolar Oʻzbekistondagi birlamchi bozordan uy sotib olish imkoniyatiga ega. Talabgorlar uchun xorijda turib kreditni rasmiylashtirish imkoniyatlari yaratiladi.

"Expat Car" tarifida esa chet elda ishlayotgan oʻzbekistonliklar “UzAutoMotors” mashinalarini sotib olishlari mumkin.

Bunday kreditlar milliy valyutada oʻn yil muddatga beriladi.

Bunday kreditlarning ustunlik tomonlari koʻp: fuqarolar yangi uy sotib olish uchun yillab pul yigʻmaydi, Oʻzbekistonda uy-joy qurilishi, avtomobil sanoatiga investitsiya kiritiladi. Kredit olish uchun ishonchli vakili kelsa kifoya.

 

Asosiy mavzular