11:10 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (598)
2275 0 0

Xitoylik shifokorlar XXRda aniqlangan yangi koronavirus odamdan odamga yuqishini aniqladilar. Oʻta xavfli infektsiyalar boʻyicha mutaxassis Vladislav Jemchugov Sputnik radiosi efirida ushbu virus toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nima uchun juda tashvishli ekanligini tushuntirdi.

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Xitoylik mutaxassislar koronavirusning yangi turini odamdan odamga yuqishini aniqladilar, 14 shifokor allaqachon yuqtirib olgan. Bu haqda sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha davlat qoʻmitasining maxsus ekspertlar komissiyasi rahbari Chjan Nanshan maʼlum qildi.

“Mavjud maʼlumotlarga koʻra, koronavirusning yangi turi odamdan odamga aniq yuqadi. Guandun provintsiyasida ikkita holat qayd etildi, ular Uxanga bormagan, ammo ularning oila aʼzolari yangi turdagi koronavirusni yuqtirgan kishilar boʻlgan joyga borishgan. Shuning uchun endi “virus odamdan odamga yuqadi” deb aniq aytishimiz mumkin”, - dedi Chjun Nanshan soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Oʻtgan yilning oxirida Xitoy rasmiylari Xubey provintsiyasining Uxan shahrida nomaʼlum kasallik qayd etilganligini, keyinchalik bu koronavirusning yangi turi ekanligini aytishdi. Bemorlarda isitma, yoʻtal va nafas qisilishi kuzatiladi. Bir necha kishi halok boʻldi.

Virus Xitoydan tashqarida ham tarqaldi, Janubiy Koreyada ham yuqtirilishning birinchi holati tasdiqlandi.

Tibbiyot fanlari doktori, immunolog, oʻta xavfli infektsiyalar boʻyicha mutaxassis Vladislav Jemchugov Sputnik radiosi efirida mavjud maʼlumotlar juda xavotirli ekanligini aytdi.

“Virus kasallanganlar bilan aloqada boʻlgan shifokorlarda ham aniqlangani va hattoki shunday koʻp sonli holatlar roʻy bergani, virusning epidemiyaga koʻlamida tarqalishi xavotirga solmoqda. Bugungi kunga qadar virusning odamdan odamga yuqishi haqida ishonchli maʼlumotlar yoʻq edi. Endi uning yuqish yoʻllarini aniqlash juda muhimdir, agar u havo-tomchi yoʻli boʻlsa, unda bu yanada jiddiy vaziyat, chunki bunday yoʻl infektsiyaning tez tarqalishiga olib keladi ... Shuning uchun, menimcha, chegaralarda jiddiy choralar koʻrilishi darkor...  Aynan shu virusni toʻgʻri aniklash uchun diagnostika tizimlarini iloji boricha tez ishlab chiqish kerak. Ehtimol, gap karantin haqida hamdir (kasallanganlar uchun - tahr.)" - dedi Vladislav Jemchugov.

Koronaviruslar - ikki suboilaga boʻlingan 30 dan ortiq viruslardan iborat oiladir. Ular birinchi marta 1965 yilda ajratib olingan. Odatda, ular odamlarga, uy hayvonlariga, qushlarga, choʻchqalarga, shuningdek, qoramollarga taʼsir qiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (598)

Asosiy mavzular