09:21 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
828 0 0

Qurolga ruxsatnoma berish uchun yigʻim miqdori qurol turi va undan foydalanish maqsadlariga qarab farqlanadi.

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasiga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi uchun yigʻim miqdorlari maʼlum boʻldi. Tegishli qonun loyihasiga muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat bilan qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida yuridik shaxslar, Oʻzbekiston fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari tomonidan ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibida belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga koʻra, yigʻim miqdorlari quyidagicha koʻrinishga ega boʻlishi mumkin:

- fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir ruxsatnoma – Bazaviy hisoblashning 100 foizi (223 ming soʻm);

- oʻqotar qurolining har bir donasi uchun bazaviy hisoblashning 15 foizi (33,45 ming soʻm).

Qurolga ruxsatnoma berish uchun yigʻim miqdori maʼlum boʻldi
Qurolga ruxsatnoma berish uchun yigʻim miqdori maʼlum boʻldi
Qurolga ruxsatnoma berish uchun yigʻim miqdori maʼlum boʻldi
Qurolga ruxsatnoma berish uchun yigʻim miqdori maʼlum boʻldi

Qaror va unga ilova qilingan Nizomning toʻliq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Asosiy mavzular