11:53 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
641 0 0

Biri ijara pullarini ikkinchisi dizel yonilgʻisini "yeb" yuborgan bozor direktori va oʻrmon xoʻjaligi omborchisining kirdikorlari fosh boʻldi.

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Qarshi shahar avtomobil bozori rahbari va uning sheriklari, shuningdek, Asaka tumani oʻrmon xoʻjaligi omborchisining harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Qarshi shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida, Qarshi shahar “Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bozori” rahbari B.A. va boshqalarning 2015-yildan 2019 yilning 10 oyigacha boʻlgan vaqt davomida sodir etib kelgan kirdikorlari fosh etilgan.

Sheriklar avtomobil bozoridagi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlardan undirilgan 3,5 mlrd. soʻm ijara toʻlovlarining 1,3 mlrd. soʻmini oʻzlarining shaxsiy manfaatlari yoʻlida ishlatib kelishgan.

Shu kabi talon-tarojlik Andijon vloyatining Asaka tumanida ham sodir etilgan.

Oʻrmon xoʻjaligining Asaka tuman boʻlimi omborchisi K.M. oʻziga ishonib topshirilgan umumiy narxi 121,7 mln. soʻmlik 19,8 ming. litr dizel yoqilgʻisini rastrata qilish yoʻli bilan oʻzlashtirgan.

Hozirda mazkur ikki holat boʻyicha ham javobgarlarga nisbatan JKning  tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular