Toshkentda egizak osmono‘par binolar quriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMaket neboskrebov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
Maket neboskrebov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning Yakkasaroy tumanida quyosh va oy ramzi bo‘lgan, Day and Night nomli ikkita osmono‘par bino quriladi.  

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Uch yil ichida Toshkentning Yakkasaroy tumanida ikkita minorani qurish rejalashtirilgan. Binolarning fasadlarida quyosh va oy yarqiraydi, Sputnik muxbiri xabari asosida.

Toshkent hokimiyati tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyasiga ko‘ra, binolardan biri Quyoshni, ikkinchisi - Oyni anglatadi.

"Asosiy g‘oya - bizning poytaxtimizda o‘ziga hos ramzga aylanuvchi biznes-madaniy markazni yaratish. Shuningdek, qo‘shimcha qilishni xohlayman: ko‘pincha samolyotlar bilan uchadiganlar, ko‘zlari doim aeroport yaqinida qozonxona joylashgan sanoat zonasiga tushishadi. Biz aynan shu joyni ko‘pchilik mehmonlarimiz ushbu zamonaviy biznes markazini har doim ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun tanladik", taqdimotda dedi investitsiyalar bo‘yicha xokim muovini Sharof Rahmonov.

Iki design group kompaniyasidagi loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti ularni balandligi 230 metr bo‘lgan 50 qavatli ko‘p qirrali binoning qiyofasini yaratishga ilhomlantirgan. Prezident Toshkentning biznes qismini, shu jumladan Tashkent City kabi loyihalar orqali rivojlantirish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.

Hokimiyat hozirda investorlarni qidirmoqda. Obyektlarni qurish uchun bir milliard dollarga yaqin mablag‘ kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0