Amerika SSSRni qanday vayron qilgan – OAV

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZdanie posolstva SShA v Moskve
Zdanie posolstva SShA v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya AQSh sayloviga aralashgani bu "holva" - AQSh SSSRni yo‘q qilish uchun "juda ko‘p ishlagan" – amerikalik jurnalist xulosasi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. 1991-yilda Sovet Ittifoqining qulashiga sabab bo‘lgan omillardan biri AQShning aralashuvi edi. Bu haqda amerikalik jurnalist Ted Roll CounterPunch nashridagi maqolasida yozadi, RIA Novosti xabariga asosan.

Muallif ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar SSSR paydo bo‘lgan zamondan boshlab qayta-qayta hujumlar o‘tkazgan, sabotaj namoyishlarni amalga oshirdi va SSSRni ichidan buzishga harakat qildi.

Birinchi hujum 1917-yilda, Oktabr inqilobi avjida sodir bo‘lgan. O‘shanda o‘n minglab AQSh askarlaridan iborat ekspeditsion kuchlar mamlakatga bostirib kirishdi. Sovet Rossiyasiga Amerikaning "chaqirilmagan mehmonlari" dan qutulish uchun uch yil kerak bo‘ldi.

1941-1945 yillarda, Ikkinchi Jahon urushi davrida SSSR va AQSh fashistlar Germaniyasiga qarshi kurashda ittifoqchilar edilar. Biroq, millionlab Sovet fuqarolari vermaxtga qarshi kurashda o‘zlarini qurbon qilayotgan paytda, amerikaliklar haqiqiy urushga 3-yilgacha qo‘shilmasdan turishdi.

Yana bir fakt - 1960-yilda amerikalik josus Frensis Gari Pauyers boshqaruvidagi sovet raketasi yordamida urib tushirilgan samolyot. Roll fikriga ko‘ra, AQSh samolyotining Sovet havo hududiga kirishining o‘zi - urush akti edi.

1982 yilda Prezident Ronald Reygan Markaziy razvedka boshqarmasining "begunoh" rejasini qabul qildi, bunga asosan Sibir orqali tabiiy gazni yetkazib beradigan gaz quvuridagi portlatish nazarda tutilgan. Rejada mo‘ljal qilinishicha, Sovet Ittifoqiga g‘arbiy quvurlarni boshqarish tizimini o‘g‘irlashga ruxsat beriladi, ammo nasoslar, turbinalar va klapanlarni boshqaruvchi bu tizim bir muncha vaqt normal ishlashdan keyin "yaroqsiz" holatga tushishi kerak edi.

Buning natijasida iqtisodiy tanazzul, tabiiy muhit uchun falokat va "kosmosdan ko‘rsa bo‘ladigan eng kuchli yadroviy bo‘lmagan portlash va yong‘in" sodir bo‘lishi kerak edi.

Reygan davrining yana bir loyihasi iqtisodiy sabotajni o‘z ichiga oldi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Saudiya Arabistonini Sovet Ittifoqi uchun energiya tashuvchilarni ishlab chiqarishning naqadar muhimligini anglab, neft qazib olishni ko‘paytirishga ishontirdi. Natijada, butun dunyo bo‘ylab neft va gaz narxlari pasayib ketdi va Sovet iqtisodi beqarorlik holatiga tushdi.

Maqolaning oxirida Ted Roll Rossiya AQSh sayloviga aralashgani bu "holva" AQSh SSSRni yo‘q qilish uchun "juda ko‘p ishlagan" degan xulosaga keladi.

Yangiliklar lentasi
0