Samarqandda qalin qor va muzlama tufayli ba’zi yo‘llar yopilgan

Obuna bo‘lish
Qalin qor va muzlama tufayli Samarqand viloyati Urgut tumani hududidan o‘tuvchi "Taxtaqoracha" dovoni vaqtincha yopildi - IIB.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Bugun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llarida vaziyat murakkablashuvi tufayli IIBning YHX boshqarmasi maxsus choralar ko‘rmoqda, deb xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.

Xususan Samarqand shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi hamda obodonlashtirish boshqarmalari hamkorligida yo‘llardagi muzlamalarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Undan tashqari M-39 “Almati-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati Urgut tumanidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tgan qismida bugun 22-yanvar kuni soat 11.00da avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatildi, - deyilgan rasmiy xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra dovondagi yo‘llar qalin  qor bilan qoplangan.

Ma’lumot uchun meterologiya xizmatlari shu kecha-kunduzda Samarqand viloyatida havo harorati 0...- 6 daraja sovuq bo‘lishini xabar qilgan edi.

© UVD Samarkandskoy oblasti Sneg i gololed v Samarkande
Sneg i gololed v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
1/2
Sneg i gololed v Samarkande
© UVD Samarkandskoy oblastiSneg i gololed v Samarkande
Sneg i gololed v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Sneg i gololed v Samarkande
1/2
Sneg i gololed v Samarkande
2/2
Sneg i gololed v Samarkande
Yangiliklar lentasi
0