09:38 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
441 0 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tantalarda ishtirok etish uchun bir necha davlat rahbarlarini Moskvaga taklif qilgan edi.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Qozogʻiston va Qirgʻiziston prezidentlari Kasыm-Jomart Tokayev va Sooronbay Jeenbekovlar Moskvaga Gʻalaba paradida ishtirok etish uchun kelishadi, deb xabar qilmoqda Sputnik MDH telegram kanali.

Ikki davlat prezidenti apparati vakillari taklifnomalar olinganini va davlat rahbarlari 9 may kuni Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalarida ishtirok etish uchun Moskvagna tashrif buyurishni rejalashtirayotganini tasdiqlashdi.

Biroz oldin Tojikiston rahbari Emomali Rahmon ham 9 may kuni Moskvaga kelishini tasdiqlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Moskvada Gʻalabaning 75 yilligini katta tantana bilan nishonlash rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Rossiya rahbari Vladimir Putin barcha MDH davlatlari rahbarlarini, shuningdek Januliy Osetiya, Abxaziya, Frantsiya, Xitoy, AQSH, Shimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston rahbarlarini taklif qilgan edi.

Asosiy mavzular