10:34 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
441 0 0

Oʻzbekiston Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.

TOSHKENT, 22 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokamaga qoʻydi.

Unga koʻra, 90-bandning “a” kichik bandi isitishga - isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida  bayon etilishi taklif qilinmoqda.

Shuningdek, “kalendar yil mobaynida har oyda” soʻzlari  “isitish davrining har bir kuniga”, “kalendar” soʻzi “isitish davridagi kalendar” soʻzlari bilan almashtirish taklif qilingan.

Qonun loyihasi 5 fevralga qadar muhokama qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev issiqlik taʼminoti uchun yangi toʻlov tizimini maʼqullagani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular