11:05 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
520 0 0

Taʼkidlanishicha, oʻrnatilgan hisoblagich haddan ziyod ishlagan. Bunga zamonaviy hisoblagichni oʻrnatish jarayonida elektr taʼminlash liniyasi qoʻshni xonadonga adashib ulab qoʻygani sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 22 yanv - Sputnik. “Hududiy elektr tarmoqlari” ijtimoiy tarmoqlarda yangi hisoblagich notoʻgʻri oʻrnatilgani bois haddan ziyod koʻp ishlagani toʻgʻrisidagi xabarlarni oʻrgandi.

Xabarda isteʼmolchi xonadonidagi yangi oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga ulangan hisoblagich haddan ziyod koʻp KVt hisoblyotgani maʼlum qilingan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ oʻrganishlar olib borgan. Maʼlum boʻlishicha, yuqorida qayd etilgan vaziyat Chilonzor tumani, TS massivida istiqomat qiluvchi S. A.bilan sodir boʻlgan.

Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, hisoblagich joylashgan shitda xonadonlar raqami xatolik bilan qayd etilgan. Shu bois zamonaviy hisoblagichni oʻrnatish jarayonida elektr taʼminlash liniyasi qoʻshni xonadonga adashib ulab qoʻyilgan.

“Oqibatda yuqorida qayd etilgan holat kelib chiqqan. Chilonzor tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan ushbu vaziyat tez fursatda bartaraf etilib, xonadon egasiga elektr energiyasi hisobi belgilangan tartibda qayta hisoblab berildi”,  - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, prezidentning qaroriga asosan 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq isteʼmolchining barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, etkazib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga toʻliq ulanishi koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular