BMT bosh kotibi dunyoga tahdid solayotgan “Qiyomat darakchilari"ni sanab o‘tdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Antonio Guterrish bugungi kunda dunyoga eng katta xavf tug‘dirayotgan to‘rtta asosiy xatarlarni sanab o‘tdi.

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterreshning ta’kidlashicha, hozirda tinchlikka tahdid soluvchi to‘rtta "Qiyomat darakchilari” (Injilda -  “Apokalipsis chavandozlari”)  mavjud, RIA Novosti xabariga asosan.

"Men xozirda XXI asr taraqqiyotini va imkoniyatlarini xavf ostiga qo‘yadigan ana shunday "chavandoz” ko‘rmoqdaman, dedi Guterresh BMT Bosh assambleyasida.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, birinchi “chavandoz” bu - geostrategik keskinlikdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ta’kidlaganidek, vayronkor mojarolar insoniyatning keng ko‘lamli azoblanishiga olib kelmoqda, yadroviy tahdidning oshishi kuzatilmoqda.

Ikkinchi "chavandoz" - iqlim inqirozidir. Guterresh dunyoda o‘rtacha haroratning ko‘tarilishi, millionlab tirik mavjudotlarning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida ekanligiga e’tibor qaratdi.

Guterresh "o‘sib borayotgan global ishonchsizlikni" uchinchi chavandoz" deb atadi. Uning ta’kidlashicha, dunyoda siyosiy institutlarga ishonch pasaymoqda; uch kishidan ikkitasi tengsizlik o‘sayotgan mamlakatlarda yashaydi; tobora ko‘proq odamlar globallashuvning foydalariga shubha qilmoqdalar.

So‘nggi “chavandoz”, BMT Bosh kotibiga ko‘ra, - raqamli dunyoning qorong‘u tomoni. Guterresh yangi texnologiyalar jinoyatlarda, nafratni qo‘zg‘atishda, yolg‘on ma’lumot tarqatishda va odamlarni ekspluatatsiya qilishda qo‘llanillanayotganin ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0