00:08 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
222840

Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Oliy majlisi yangi chaqiriq deputatlariga murojaatnomasi - onlayn translyatsiya.

TOSHKENT, 24 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Oliy majlisi yangi chaqiriq deputatlariga murojaatnomasi boshlandi.

Quyida Oʻzbekiston rahbari tomonidan tilga olingan eng yorqin jumlalarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Demokratik islohotlar yoʻli – biz uchun yakkayu yagona va eng toʻgʻri yoʻldir

"Mamlakatimizning 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivoj boʻyicha ustuvor yoʻnalish va vazifalarni belgilab olishimiz zarur";

"Jamiyat – islohotlar tashabbuskori" degan yangi gʻoya, kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda";

“Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun Oʻzbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman, demokratik islohotlar yoʻli – biz uchun yakka-yu yagona va eng toʻgʻri yoʻldir”;

“Shu bilan birga, mahalliy kengashlarga saylov oʻtkazishning uch pogʻonali tizimini optimallashtirish, unda tuman va shahar saylov komissiyasining rolini oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim”;

"Hammamiz yana bir bor jiplashmasak oʻqimasak, oʻrganmasak, mana shu masalalarni amalga oshira olmaymiz";

Ilm maʼrifat yili 

"Ilm fan yanada ravnaq topishi, yoshlarni chuqur bilim yuksak maʼnaviyat egasi etib tarbiyalash boʻyicha boshlagan ishlarimizni davom ettirish maqsadida 2020 yilga ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilishni taklif qilaman. Ilm maʼrifatsiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirib boʻlmaydi. Butun dunyo ilgarilab ketdi, qoʻshnilarimiz ham ilgarilab ketdi. Integratsiya kerak, raqobatbardosh boʻlish uchun";

Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu

"Oliy oʻquv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar koʻpaytiriladi. Qizlar uchun oliy oʻquv yurtlarida alohida grant oʻrinlari ajratiladi. Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2020 yilda kamida 25 foizga, kelgusida esa 50-60 foizga yetkaziladi";

"Barcha xalqaro kuzatuvchilarga, saylov jarayonlari haqidagi xolis fikrlari va tavsiyalari uchun, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Biz albatta, ushbu tavsiyalarning har birini chuqur oʻrganib, tegishli dastur qabul qilib, amaliyotga keng joriy etamiz";

Oʻzbekistonning 2019 yildagi yutuqlari 

Xususan, Oʻzbekistonga kiritilgan investitsiyalar miqdori 4.2 millionni tashkil qildi. Investitsiyalar oʻsish surati - 3,7 baravarni tashkil qildi. Investitsiyalar  YAIM ulushida 37 %ga yetdi

Oʻzbekiston kreditga doir tavakkalchilik reyting i10 yilda 1 marta yaxshilandi.  Eksport hajmi 28 %ga koʻpaydi

Rasmiy rektorda ishlayotganlar soni 500 ming kishiga kupaydi. QQS 20 %dan 15%ga tushirildi.  

Turizm sohasini islohot qilish natijasida turistlar soni 6.7 million kishini tashkil etdi. Bu oʻtgan 2018 yilga nisbatan 3,3 baravar koʻp.  

Tadbirkorlarni tekshirish kamaytiriladi

Tekshiruvlar soni yanada kiskartiriladi va tekshiruvlar sifati uzgaradi. Tadbirkorlarni tekshirmadik ikki yil, moratoriy joriy etdik, lekin bundan keyin ham yoppasiga tekshirish boʻlmaydi, har bir rahbar shuni qulogʻiga quyib olsin. 

Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu

Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subʼyektlariga jinoiy uyushma degan ayb qoʻyishni bekor qilish vaqti keldi. Eng katta tadbirkorga jinoiy uyushma deb qoʻyadida hech kim bilmaydi u nima ish qilganini, - dedi prezident.

Paxta va gʻalla yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilindi

Qishloq xoʻjaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur. Qishloq xoʻjaligi tarmogʻini rivojlantirish tezligi qoniqtirmaydi. 

Har bir hududda tadbirkorlarga boʻsh yer maydonlarini berish boʻyicha yangicha tizim yaratiladi. Tadbirkorning faoliyati uchun kerak bulgan yer va inshoati onlayn tarzda sotib olinishi imkoniyati yaratiladi. 

Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu

Davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida yetishtirish boshlanadi. Aks holda ular (FERMRLAR) oʻzi kutgandek manfaat koʻrmaydi, hokimlarni ish uslubi oʻzgarmaydi. Paxta gallani erkin savdoga chikarmasak tadbirkorlarda manfaatdorlik bulmaydi. Qishloq xoʻjaligi tarmoklariga arzon kreditlar beriladi. 

Turizm iqtisodiyotning strategik yoʻnalishiga aylantiriladi 

Maqsadimiz 7,5 million turistni Oʻzbekistonga olib kelish. Ziyorat va tibbiyot turizmini rivojlantirish. Bugungi kunda mavjud 500 turistik obʼyektlar sonini 800taga chikarish. 

YUNESKOning umumjahon moddiy va nomoddiy merosi roʻyxatiga Oʻzbekistondagi yangi yangi obʼyektlarni kiritish boʻyicha harakatlarni amalga oshirish kerak

Turizm infrastrukturasini rivojlantirishga qoʻshimga subsidiya ajratish chorasini koʻrish. 

Ichki migratsiyani erkinlashtirish 

Jahondagi ilgʻor mamlakatlar tajribasi asosida 2020 Ushbu yilning aprel oyiga qadar propiska tizimini isloh qilish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqish kerak. Oʻzbekiston ichida har bir fuqaro oʻzining "kichik vatani" uyiga ega boʻlishi kerak. Shunda xalqimiz rozi boʻladi. 

Kambagʻallikni yoʻqotish 

Kambagʻalchilikni oldini olish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish kerak. 

Faqat pul berish bilan ish bitmaydi. Ularga biznes yuritish koʻnikmalarini oʻrgatish, 

Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu

Hamma ham tadbirkor boʻla olmaydi. Bunday odamlar bilan tizimli ishlab, ularni kasbga qayta tayyorlab munosib ishlarga joylashtirishimiz lozim. 500 mingta yangi ish oʻrinlari yaratishsh rejalashtirilmoqda. Biz ana shu maqsadda, yangi ish oʻrinlari yaratishga 700 million dollar jalb qilinadi. 

Yangi ish yaratayotgan har bir tadbirkorni yelkamizga koʻtarib yurishimiz zarur. 

Mahalla tizimini oʻzgartirish

Mahallada ikkita mezon - obod va tinch mahalla boʻlishi kerak. Tinch obod va xavfsiz mahalla boʻlishi uchun yangi qaror tayyorlayapmiz. Qaysi xonadonda tinchlik, qayerda jinoyat boʻlayapti mahalla raisi uchastka noziri - bilishi kerak. Bilmasa bizga bunday kadrlar kerak emas. 

Elektron tibbiy kartalar va majburiy sugʻurta 

Tibbiyot sohasida ham qator yangiliklar kutilmoqda. Shifokorlar obroʻyini oʻqituvchilar kabi koʻtarish, jamiyatda ularning obroʻyini oshirish kerak. Shifoxonalarda elektron tibbiy kartalar joriy etish rejalashtirilmoqda. Undan tashqari dori-vositalarining aylanmoasini yangi tartibda nazorat qilish rejalashtirilmoqda. 

Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu

Shuningdek, yaqin orada butun Oʻzbekiston boʻyicha majburiy sugʻurta tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish 

Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida 269ta sport maydonlari 178 tas bosk va gimnastika sport zallari qurishni rejalashtirganmiz. Bizda hozir mablagʻ bor, lekin uni amalga oshirish uchun munosib loyiha yoʻq. 

Ekologiya 

Avvalo Orolning qurigan tubida oʻrmon xoʻjaligi tashkil qilish, ishlarimiz yaxshi natija berishi kerak. 

Sanoat rivojlanishining ekologiyaga taʼsiri oldini olish maqsadida har bir korxonada ekologiyani birinchi oʻringa qoʻyish vaqti keldi. Olib kelinayotgan texnologiyalarni ekologik nuqtai nazaridan koʻrib chiqish kerak. 

Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Poslaniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva Oliy Majlisu

Ushbu ishlarni muvaffaqiyatli amalg oshirish maqsadida 2020 yilning 1 1 oktyabrga qadar Ekologiya kodeksi loyihasi ishlab chiqish kerak. Ekologiya partiyasi bunga oʻzi bosh-qosh boʻlishi kerak.

Hokimlar vakolati qisqartiriladi 

Oliy Majlis Senatiga shu yilni birinchi yarmidan hokimlarni vakolatini qayta koʻrib chiqib, ularga xos boʻlmagan va bir-birini takrorlaydigan funktsiyalarni olib tashlash boʻyicha taklif ishlab chiqishni buyurdi prezident

Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi 

Oʻzbekistonda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekistonda jamoatchilik palatasini tashkil etish taklif etildi. 

Sud mustaqilligini toʻliq taʼminlash kerak 

Bibzning asosiy vazifalarimiz bu - qonun ustuvorligini taʼminlash, korruptsiyaga barham berish, institutsional demokratiyani kuchaytirish. 

Dastlabki tergovda  davom etayotgan qonun buzilish holatlari, faqat sudlarning haqiqiy mustaqillika erishishi orqali bartaraf etish mumkin. 

Oldin sudlar oqlov qarorlarini kamdan kam hollarda chiqarar edi. Oʻtgan yilda esa bir necha yuzlab ana shunday qarorlar chiqarildi, 3081 kishi sud zalidan ozod qilindi.  

Sud ostonoasiga qadam qoʻygan har bir inson Oʻzbekistonda adolat borligiga ishonch hosil qilish kerak. Adolat yoʻq boʻlsa agar sudda, hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi, degan buyuk nemis faylasufi Kant.

Korruptsiyani bartaraf etish 

Jamiyaning barcha aʼzolari halollik vaktsinasi bilan emlanmas ekan - oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarga erisha olmaymiz. Eng katta masala halollik masalasini qayerdan olamiz?

Korruptsiya bu oyogʻimizga solingan kishan. 

Endi har bir tashkilotni, rahbarni mikroskop ostida kuzatamiz. Oldin faqat gap edi. Korruptsiya illatiga qarshi kurashish boʻyicha sadoqatli qattiqqoʻl rahbarni qoʻyamiz. Biz hozir uni tayyorlayapmiz. 

50 ming kishiga Oʻzbekiston fuqaroligi beriladi

1995 yildan buyon Oʻzbekistonda yashab kelayotgan, lekin ayrim sabablarga koʻra fuqarolik berilmay kelayotgan 50 mingdan ortiq fuqarolarga Oʻzbekiston fuqaroligi avtomatik ravishda beriladi. Parlament tez orada bu borada tegishli qonunlarni ishlab chiqishi kerak. 

Tashqi siyosat yoʻnalishlari 

Oʻzbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan ishlarni chuqur oʻylangan pragmatik siyosatni davom ettiramiz. 

Markaziy Osiyo barcha davlatlari bilan hamkorlikni sifat va mazmuniy  jihatdan yangi bosqichga chiqarishda davom etamiz.

Undan tashqari Rosiya Federatsiyasi, XXR, AQSH, BAA, YEI va Osiyo davlatalari bilan hamkoorlikni rivojlantirishda davom etamiz. 

Shuningdek BMT, YEXHT, IHT, Turkiy kengash va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan kup tomonlama xamkorlikni jadallashtirishda davom etamiz. 

Orol muammosi boasida BMT bilan tuzilgan trast fondiga katta ishonch bilan karaymiz.

Gʻalabaning 75 yillligi haqida

2020 yilda Gʻalabaning 75 yillliga keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekistondan ham 1,5 million kishi ishtirok etgan va ularning uchdan biri vataniga kaytmagan. Biz ular bilan faxrlanamiz va buni xalqimiz xech kachon unutmaydi.  Biz faxriylarimizni nafaqat Gʻalaba kuni balkim xar kuni eʼzolashimiz, kadrlashimiz kerak. Ular yil davomida eng yaxshi sanatoriylarda dam oladi. 

Urush yillarida xalqimiz koʻrsatgan haqiqiy jasorat va matonatni kino orqali koʻrsatish, yoshlarga yetkazish borasida katta ishlar olib borilmoqda. 

Soʻz erkinligi 

Oʻtgan 3 yil davomida Oʻzbekistonda soʻz erkinligini taʼminlash, OAV mustaqilligini taʼminlash, jurnalist va blogerlarning erkin ijod qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu davr mobaynida ular haqiqiy 4 hokimiyat vakillariga aylandi. 

Men professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorman!

Asosiy mavzular