Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning ko‘plab joylarida sezildi

Obuna bo‘lish
Bugun, 24-yanvar kuni soat 12:10 da Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezildi.

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Bugun, 24-yanvar kuni soat 12:10 da Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, koordinatalar 39,14 gradus shimoliy kenglik, 71,70 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 317 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Toshkent: 317 km, 2-3 ball; Namangan: 207 km, 3 ball; Andijon: 191 km, 3 ball; Farg‘ona: 139 km, 4 ball; Guliston: 291 km, 3 ball; Jizzax: 348 km, 2 ball; Samarqand: 411 km, 2 ball; Termiz: 441 km, 2 ball; Qarshi: 512 km, 2 ball; Navoiy: 551 km, 2 ball.

Yangiliklar lentasi
0